Yoshlar muammolariga amaliy yechimlar
2026-03-05 12:20:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Buxoro viloyatida xorijda ishlash niyatida tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar bilan uchrashdi va ularning fikrlari, savollari hamda muammolari bilan tanishdi.
🤝 Uchrashuvda yoshlar til sertifikati, ish beruvchi tanlash, hujjatlar va viza jarayonlari bo‘yicha savollarini ochiq bayon qildi. Har bir murojaat tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi.
🎉 Shuningdek, xalqaro til sertifikatini qo‘lga kiritgan yoshlar alohida tabriklandi! Bu ularning mehnati va tayyorgarlik samarasi ekanini ko‘rsatadi.
🎯 Ishtirokchilarga zamonaviy kasb egallash, xorijiy tilni puxta o‘rganish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish hamda Migratsiya agentligi loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🏢 Buxoro shahridagi 2-son texnikum, Qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash markazi, “Kasbiy ko‘nikmalar” markazi va “Vatanparvar” poligonidagi tayyorgarlik jarayonlari bilan ham tanishildi.


