Sirdaryo viloyatida Rossiyaning yirik ish beruvchilari
2026-02-27 18:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida Rossiyaning yirik ish beruvchilari qurilish, logistika, sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov o‘tkazdi.
✍️ Tadbirda qatnashgan 246 nafar nomzoddan 194 nafari ish beruvchilar tomonidan tanlab olindi.
Hududlarda o‘tkazilayotgan tanlovlar orqali xamyurtlarimizning xorijda ishlash imkoniyatlari kengaymoqda.
