XUSUSIY BANDLIK AGENTLIKLARI DIQQATIGA
2026-02-27 16:05:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi xorijiy ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlarini (kvotalar) endilikda xorijdaish.uz portali orqali Xususiy bandlik agentliklariga (XBA) taqdim etilayotganini ma’lum qiladi.
📄 Taqsimot 2026 yil 9 fevralda 3772-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Nizom asosida amalga oshiriladi.
🔹 Ish o‘rinlari litsenziyaga ega bo‘lgan barcha XBAlar o‘rtasida ochiq va teng taqsimlanadi.
❗️ O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda idoralararo kelishuvlarida alohida tartib nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha Migratsiya agentligi tomonidan olingan kvotalar taqsimlanmaydi.
✅ xorijdaish.uz portali orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, kvotalar bilan tanishing va ishtirok uchun ariza qoldiring.
