QATARDA ISHGA JOYLASHISH UCHUN 5 TA QADAM
2026-02-20 10:50:00 / E’lonlar

🤝 Migratsiya agentligi va Qatarning "JUSOUR" rekruting kompaniyasi kelishuviga ko'ra ushbu mamlakatning eng yirik vakansiyalar bazasi O‘zbekistonliklar uchun ochildi!
Ishga qabul qilish uchun umumiy shartlar va afzalliklar:
🔹 Yosh chegarasi: 18–45;
🔹 Ingliz tilini kamida A2 darajada bilish yoki IELTS 5 darajasi (sertifikatlar afzallik berishi mumkin);
🔹 Arab davlatlari tillarini biladiganlarga ustunlik bor.
📝 Ishga joylashish uchun 5 ta qadam:
1. TAWZEEF saytiga o‘ting
2. Taklif etilayotgan vakansiyalar talab va shartlarini diqqat bilan o'qib chiqing. O'zingizga to'g'ri kelgan vakansiyaga CV shakllantirib ariza qoldiring.
3. Nomzodingiz ma'qul kelsa, kompaniya vakillari elektron pochta manzilingiz orqali aloqaga chiqadilar.
4. Saralash jarayonidan muvafaqqiyatli o‘tsangiz, ish beruvchi bilan intervyuga taklif olasiz.
5. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Migratsiya agentligi bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi va vizasi rasmiylashtiriladi.
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
