Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan — Toshtemirov Elyor Dilshodovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2026-02-10 14:00:00 / Yangiliklar

E.Toshtemirov 1985-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishini tamomlagan.
Migratsiya sohasida 17-yillik tajribaga ega.
Tayinlovga qadar Elyor Dilshodovich Migratsiya agentligi Tashkiliy va ijro intizomi nazorati, strategik rejalashtirish va KPI bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
