XORIJDA ISH YARMARKASI: SURXONDARYO - QASHQADARYO
2026-02-01 12:40:00 / E’lonlar

Xorijda ishlashni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizni 3-7-FEVRAL kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo'lib o'tadigan mehnat yarmarkalariga taklif qilamiz!
Yarmarkada:
🔤 Xorijda mavjud bo’sh ish o‘rinlari;
🔤 Mehnat shartnomasini rasmiylashtirish;
🔤 Talab etiladigan hujjatlar;
🔤 Ishga joylashish tartiblari bilan tanishasiz.
Tadbir tashkilotchilari:
➡️ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi;
➡️ Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi;
➡️ Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari.
Manzillar va vaqtlar:
📍 3-fevral — Termiz shahri, “Yoshlar markazi”. Abu Nosir Farobiy ko‘chasi, 26-uy.
📍 4-fevral — Denov tumani, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. Bog’ ko’chasi, 112-uy.
📍 6-fevral — Qarshi shahri, Musiqali drama teatri. Mustaqillik ko‘chasi, 26-uy
📍 7-fevral — Shahrisabz shahri, Qurilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash markazi. Tarag‘ay Bahodir ko‘chasi, 28-uy.
Yarmarkalar 10:00 da boshlanib kun davomida bo’lib o’tadi.
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
