SPAS ELEKTRON BAZASIDA TURGANLAR UCHUN MUHIM YANGILIK
2026-01-10 09:20:00 / E’lonlar

Migratsiya agentligi va "HD Hyundai Heavy Industries" hamkorligida kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslariga navbatdagi tanlov ochildi!
Loyiha doirasida 2025-yilda jami 408 nafar bitiruvchidan, 356 nafari bugungi kunda "Hyundai" zavodlarida ish boshlagan.
📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA Mintaqaviy kasb hunarga o'rgatish markazi (yotoq joy, o’qish bepul);
❓ Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin:
▪️ SPAS elektron bazasida ish izlovchilar orasidagi;
▪️ EPS-TOPIKning kemasozlik va ishlab chiqarish imtihonlarida 80+ ball olgan, 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikati bor;
▪️ Bazada 2026 -yil 29 - maydan keyin kamida 6 oy amal qilish muddatiga (2026-yil noyabrgacha) ega bo'lgan 20-35 yosh oralig'idagi nomzodlar.
💷 Minimal oylik maosh: 2,156,000 von = bugungi kunda 1484 $ (ish hajmiga qarab oshadi).
📌 Hujjatlar 12-yanvardan 23-yanvargacha Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi:
1. Anketa
2. Tilxat
3. Xorijga chiqish pasporti nusxasi (rangli)
4. 2 ta fotosurat (3.5 × 4.5)
5. Til sertifikati (TOPIK/ "Qirol Sejong")
➡️ Hududiy filiallar manzillari
🗓 Muhim sanalar:
✅ Hujjatlar topshirish: 12-yanvar – 23-yanvar
✅ Hujjatlar asosida saralash natijalarini e'lon qilish:
2026-yil 28-yanvar
✅ Suhbat+test: 9-fevral – 13-fevral
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni: 2026-yil 23-fevral
✅ O'qish muddati: 9-mart – 29-may (taxminan 3 oy)
✅ Yakuniy baholash: 2026-yil 29-may
✅ Yakuniy natijalar e’loni: 2026-yil 5-iyun
🚫 Eslatma: Avval Koreyada noqonuniy harakatlar sodir etib jarimaga tortilgan, noqonuniy faoliyat olib borgan yoki elchixonaga qalbaki hujjat taqdim etganligi sababli vizaga rad javobini olgan nomzodlar hujjat topshirishlari man etiladi!!!
❗️( Hyundai kompaniyasining talabiga muvofiq, barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tib, viza olish jarayonida yuqoridagi holatlar sabab vizadan rad javobi olgan nomzod belgilangan tartibda jarimaga tortiladi).
📞 Ma'lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam: 241, 243, 244)
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
