Rasmiy ma’lumot
2026-01-05 16:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, “Xorijda ish” elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga migratsiya jamg‘armasidan quyidagi xarajatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi:
• xorijiy til va (yoki) kasb bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilib, sertifikat olinganda — BHMning 3 baravarigacha;
• ishchi vizani rasmiylashtirish uchun — BHMning 5 baravarigacha;
• yo‘l chiptasi xaridi uchun — BHMning 2 baravarigacha.
❗️ Ma’lumot uchun:
2025-yilda kompensatsiya to‘lovlarini olishga ulgirmagan fuqarolarga 2026-yil 9-yanvarga qadar arizada ko‘rsatilgan plastik karta raqamlariga mablag‘lar o‘tkazib berilishini ma’lum qilamiz.
