E-9 vizasi — yangi raqamlar
2025-12-29 12:05:00 / Yangiliklar

Janubiy Koreya hukumati 2026 yilda xorijiy, malakasiz ishchilar uchun mo‘ljallangan E-9 vizalari kvotasini 80 ming nafargacha kamaytirishini e’lon qildi.
📉 Bu ketma-ket ikkinchi qisqartirish:
2024 yil — 165 ming
2025 yil — 130 ming
2026 yil — 80 ming
⚙️ Ushbu qaror Employment Permit System (EPS) doirasida qabul qilindi. Tizim qishloq xo‘jaligi, qurilish va ishlab chiqarish kabi sohalarda xorijiy fuqarolarga qonuniy ishlash imkonini beradi.
📊 Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kvotaning kamayishi:
iqtisodiy faollikning sekinlashuvi
ayrim sohalarda ish o‘rinlarining qisqarishi
bilan bog‘liq.
⚠️ Mutaxassislar ogohlantirmoqda:
E-9 vizalari sonining kamayishi xorijiy ish izlovchilar o‘rtasida raqobatni kuchaytiradi va Koreyada ishlashni rejalashtirayotganlar uchun jarayonni yanada murakkablashtirishi mumkin.
🏭 Shu bilan birga, ayrim sohalarda ishchi kuchi tanqisligi saqlanib qolishi mumkinligi ham qayd etilmoqda.
📌 Eslatma:
E-9 vizalari bo‘yicha kvotalar har yili mehnat bozori ehtiyojlari va iqtisodiy vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.
