Xorijda qiynalib qolganlar uchun qulay yechim!
2025-12-11 15:55:00 / Yangiliklar

📌 Rossiya Federatsiyasida ishlash davrida murakkab moliyaviy ahvolda, turar joysiz qolgan, tazyiqqa uchragan, majburiy mehnat yoki zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan hamyurtlarimizga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
🤝 Migratsiya agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi Moskva va Moskva viloyatidagi 15 taga yaqin xostel va sutkalik mehmonxonalar bilan shartnoma imzoladi.
🏨 Agar murakkkab moliyyaviy ahvolda turar joysiz qolgan bo‘lsangiz — Migratsiya agentligining Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 uyda (metro Polyanka) joylashgan vakolatxonasiga murojaat qiling. Vaziyatni o‘rgangan holda Sizga, 30 kungacha bepul yotoq joyda yashash imkoniyati yaratiladi.
📞 Aloqa: +7 (925) 045-47-44
🌍 Hozirda Shimoli-g‘arbiy, Ural, Sibir, Uzoq Sharq va Janubiy okruglarda ham shunday xostel va mehmonxonalar bilan shartnoma ishlari ketmoqda.
📘 Asos: Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qarori.
Xorijda ishlayotganlar uchun yordam paketlari bilan havolada to‘liq tanishing!
📣 Iltimos, ushbu xabarni Rossiyadagi hamyurtlarimizga yetkazing. Kimdir aynan hozir shu yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin!
