O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi hamkorlik kelishuvi imzolandi
2025-12-02 09:00:00 / Yangiliklar

✒️ Migratsiya agentligi va Saudiya Arabistonining “Health Resources Company” HRCO kompaniyasi o‘rtasida muhim Kelishuv imzolandi.
🤝 Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan bu kelishuvning maqsadi — Saudiya Arabistonida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizni ushbu mamlakatga qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda ishga joylashtirishdan iborat.
🏥 HRCO (Health Resources Company) — Saudiya Arabistonining sog‘liqni saqlash tizimini markazlashgan tarzda boshqarish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar doirasida tashkil etilgan muhim tashkilotdir. Kompaniya — HR (inson resurslari) operatori sifatida, mamlakatdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari uchun yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqish va boshqarish bilan shug‘ullanadi.
📝 Shuningdek, Migratsiya agentligi e’lonlariga ko‘ra Saudiyada ishlash istagini bildirib ariza qoldirgan 887 nafar nomzodlardan suhbatga tayyor deb baholanganlar uchun ish beruvchilar ishtirokidagi tanlovlar ham boshlandi.
📍 Yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida bunday suhbatlar joriy yil 3-4-dekabr kunlari Andijon shahrida ham bo‘lib o‘tadi.
👉 So‘nggi yangiliklardan @uzmigration kanali orqali xabardor bo‘lib turing!



