Havo sifatini yaxshilash yo‘lida: «mazut»dan voz kechildi, nazorat kuchaydi
2025-11-21 13:00:00 / Ekofaol xodim

«Issiqlik markazlari havoni ifloslantiryaptimi?» — Ko‘pchilikni o‘ylantiradigan shu savolga amaliy javob berildi. Yakkasaroydagi Toshkent issiqlik elektr markazida katta ekologik o‘zgarishlar amalga oshirildi:
🚫 Mazut yo‘q: Korxonada mazut yoqilg‘isidan foydalanish to‘liq to‘xtatildi. Endi faqat tabiiy gazda ishlaydigan zamonaviy uskunalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
📉 Zarar kamaydi: Yangi texnologiyalar hisobiga atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar yiliga 200 tonnaga kamaydi.
🔎 Onlayn nazorat: Korxona hududiga 4 ta avtomatik stansiya o‘rnatildi. Tutun va havo sifati ko‘rsatkichlari real vaqt rejimida Ekologiya vazirligiga uzatib turiladi.
🌳 Yashil belbog‘: Korxona atrofida 15,5 gektar maydonda 16 490 tup daraxt ekilib, o‘ziga xos «yashil qalqon» yaratildi.
Bu o‘zgarishlar — poytaxtimiz havosi musaffoligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
