9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
2024-12-12 17:45:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 10-dekabr kuni Madaniy meros agentligida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlatimizda olib borilayotgan siyosat va uning ustuvor yo‘nalishlari, Agentlik tizimida mazkur muammoga qarshi kurashish, oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Davra suhbatida Madaniy meros agentligi tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa etib belgilangani alohida ta’kidlandi.
Bugungi kunda ushbu yo‘nalishni takomillashtirish, huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi. Aynan shu maqsadda mamlakatimizda sohaga taalluqli 13 ta, shuningdek, boshqa yo‘nalishlardagi islohotlar natijasida korrupsiya omillarini qisqartirishga qaratilgan 24 ta me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Yig‘ilishda Agentlikning markaziy apparati xodimlari bilan birga "Zoom" platformasi orqali hududiy boshqarma xodimlari ham onlayn ishtirok etishdi. Seminar yakunida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ma’lumot uchun, “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq 2004-yildan boshlab nishonlanib kelinmoqda. Ko‘zlangan maqsad esa korrupsiya muammosini bartaraf etish, uning vujudga kelishini oldini olish va qarshi kurashishda Konvensiyaning rolini kuchaytirishdan iborat. Shundan kelib chiqib, ko‘plab mamlakatlarda mazkur sanaga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkaziladi.