O‘zbekiston davlat san’at muzeyida fransiyalik mutaxassislar ishtirokida restavratsiya missiyasi o‘tkazildi
2026-11-02 16:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 6–30-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at muzeyida Romanovlar saroyi kolleksiyasiga mansub tarixiy-badiiy ashyolarni saqlash va restavratsiya qilishga qaratilgan fransiyalik mutaxassislarning birinchi restavratsiya missiyasi tashkil etildi.
Missiya doirasida Fransiyadan tashrif buyurgan 9 nafar restavrator tomonidan ikki yo‘nalishda restavratsiya ishlari olib borildi.
Jumladan, Delphin Eli-Lefevre boshchiligidagi 5 nafar mutaxassisdan iborat guruh Romanovlar saroyi kolleksiyasiga mansub 7 ta mebel buyumida restavratsiya ishlarini amalga oshirdi.
Shuningdek, Patrisiya Verje-Libe rahbarligidagi 4 nafar mutaxassis tomonidan mazkur kolleksiyaga oid 4 ta rangtasvir asari va ularning ramkalarida restavratsiya ishlari olib borildi.
Mazkur missiya Romanovlar saroyi kolleksiyasidagi tarixiy-badiiy ashyolarni saqlash, ularning asl holatini asrab qolish hamda restavratsiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.




