#rasmiy_munosabat
2026-10-26 19:05:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Registon ansambli tarkibiga kiruvchi Ulug‘bek madrasasi minorasiga bir guruh sayyohlar ko‘tarilgani aks etgan videomaterial tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan sayyohlarning minoraga ko‘tarilishi bilan bog‘liq holatlar, ularga ruxsat berilganligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilganligini aniqlashtirish maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari va holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etiladi.
