#rasmiy_munosabat
2026-10-06 18:25:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan “Jarqo‘rg‘on” minorasining jozibadorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarida Madaniy meros agentligining qalbakilashtirilgan muhri qo‘yilgani yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Madaniy meros agentligi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur holatga huquqiy baho berish maqsadida Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat yo‘llangan. Murojaatda Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘ining v.v.b. B. Z.ga, viloyat hokimligi hamda tegishli mas’ullar tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish holatiga huquqiy baho berish, mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazish hamda qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
