Abdulla Qahhor uy-muzeyi faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi
2026-09-22 17:20:00 / Yangiliklar

Madaniy meros agentligi tizimidagi Abdulla Qahhor uy-muzeyi binosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya ishlari munosabati bilan muzey faoliyati 2026-yil 21-sentabrdan 31-dekabrga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash-tiklash ishlari davomida muzey ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan ashyolarni xavfsiz demontaj qilish, muzey fondidagi ashyolarning but saqlanishini ta’minlash hamda ularni maxsus xonalarga xavfsiz joylashtirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, Abdulla Qahhor uy-muzeyidagi barcha muzey ashyolari jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga vaqtincha ko‘chiriladi.
Mazkur ashyolar ta’mirlash-tiklash ishlari yakunlangach, barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda uy-muzeyiga to‘liq qaytariladi. Muzey ashyolarini ko‘chirish va qayta joylashtirish jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya ishlari yakunlangach, Abdulla Qahhor uy-muzeyi faoliyatini yana davom ettiradi.
