#rasmiy_munosabat
2024-09-19 10:00:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatiga asosan, Qayrag‘och qishlog‘ida joylashgan “Ko‘ktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy 2 ta daxma hamda 1 ta qabrtosh ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
“Ko‘ktosh” qabristoni hududidan topilgan qadimiy daxma hamda qabrtoshlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatida qayd etilmagan.
O‘rganishlar davomida topilgan noyob toshlar o‘rta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Pastdarg‘om tumani hokimligining 2024-yil 11-sentabrdagi 26-2712-sonli xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma hamda 1 ta qabrtoshni Milliy ro‘yxatga kiritish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, davlat muhofazasiga olish choralari ko‘rilmoqda.