Yunus Rajabiy uy-muzeyi vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi
2026-09-11 10:30:00 / Yangiliklar

Yunus Rajabiy uy-muzeyida muzey ashyolari va kolleksiyalarini xatlovdan o‘tkazish hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur ishlar olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 14-sentabrdan 2027-yil 30-mayga qadar muzey tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.
Loyiha doirasida muzey binosida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilib, isitish va sovitish tizimlari to‘liq modernizatsiya qilinadi, zamonaviy muzey talablariga mos ekspozitsiya shakllantiriladi hamda muzey infratuzilmasi takomillashtiriladi. Belgilangan ishlar yakunlangach, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.
