Xaldeyev Yuriy Andreyevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi
2026-08-26 21:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati uchun O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi faxriysi Xaldeyev Yuriy Andreyevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Madaniy meros agentligi jamoasi Yuriy Andreyevichni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
