Audiopodkast
2026-08-06 12:30:00 / Yangiliklar

2026-yil 10-avgust kuni soat 11:00 da Madaniy meros agentligining rasmiy telegram kanalida yangi nashrdan chiqarilgan “O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri. 4-jild” kitobining mazmuniga bag‘ishlangan ovozli chat (audiopodkast) bo‘lib o‘tadi.
Audiopodkastda Madaniy meros agentligining O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ilmiy tadqiq etish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Rasulov hamda falsafa fanlari doktori, professor Roiq Bahodirov ishtirok etadi.
Jonli muloqot davomida yangi kitobning mazmuni, unda jamlangan ilmiy ma’lumotlar, xorijda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalarni aniqlash va o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarni oldindan telegram orqali +998-99-025-93-97 raqamiga yuborishingiz mumkin.
