#rasmiy_munosabat
2026-06-19 19:25:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergey Yesenin memorial muzeyi faoliyati bo’yicha bildirilgan murojaatlar yuzasidan Madaniy meros agentligi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Sergey Yesenin memorial muzeyida ta’mirlash-tiklash ishlari 2026-yilning fevral oyidan boshlangan bo‘lib, mazkur ishlar joriy yilning sentabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, muzey ekspozitsiyasi qayta shakllantiriladi hamda muzey faoliyati tashrif buyuruvchilar uchun qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, bugungi kunda muzeyda olib borilayotgan qayta tiklash ishlari Madaniy meros agentligi tomonidan belgilangan tartibda nazorat qilib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Madaniy meros agentligi direktorining 2025-yil 16-iyundagi tegishli buyrug‘iga asosan 2025-yilning 15-sentabrdan 25-noyabrgacha Sergey Yesenin memorial muzeyida saqlanayotgan muzey ashyolari va kolleksiyalarining to‘liq xatlovi o‘tkazilgan. Xatlovdan o‘tkazilgan eksponatlarning butligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular vaqtincha O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga joylashtirilgan.
