Botir Zokirov memorial muzeyi fondini boyitish ishlari davom etmoqda
2026-06-11 20:00:00 / Yangiliklar

Madaniy meros agentligi O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ijodiy merosini asrab-avaylash, tizimli ravishda jamlash va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida uning faoliyatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar hamda noyob suratlarni memorial muzey fondiga qabul qilish jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Qarorga ko‘ra, Madaniy meros agentligi tomonidan davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Botir Zokirov ijodiga oid tarixiy materiallar, ashyolar va noyob suratlarni memorial muzey uchun xarid qilish belgilangan.
Ijodkor faoliyatiga oid ashyolarni topshirish istagida bo‘lgan fuqarolar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manziliga olib kelishlari mumkin. Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun +998-90-250-77-41 telefon raqami orqali Mahmud Malikov bilan bog‘lanishlari mumkin.
