“Temurbek” tarixiy-badiiy filmi uchun kasting jarayonlari yakunlandi
2026-06-09 15:00:00 / Yangiliklar

Madaniy meros agentligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tayyorlanayotgan Amir Temurning bolalik yillariga bag‘ishlangan “Temurbek” tarixiy-badiiy filmi uchun e’lon qilingan kasting jarayonlari o‘z yakuniga yetdi. Film Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasi asosida suratga olinmoqda.
Mazkur film yosh avlodni milliy tariximiz, buyuk ajdodlarimizning hayoti va merosi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
Hozirda filmni suratga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

