Norvegiya elchisi Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurdi
2026-04-17 16:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-aprel kuni Termiz arxeologiya muzeyiga Norvegiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xelen Sand Andresen tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi muzey faoliyati hamda unda saqlanayotgan boy arxeologik meros bilan yaqindan tanishdi. Elchi Baqtriya va Kushon madaniyatiga oid, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li tarixini yorituvchi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif yakunida mazkur uchrashuv madaniy meros sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tarixiy merosni keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ma'lumot uchun, Termiz arxeologiya muzeyi 2002-yil 2-aprelda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 130 mingdan ortiq eksponatni jamlangan. Muzey fondida bronza davridan boshlab XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi eksponatlar va noyob arxeologik topilmalar saqlanmoqda.

