#infografika
2026-03-05 15:15:00 / Yangiliklar

2025-yilda AKT va raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
Madaniy meros agentligi tomonidan 2025-yilda madaniy meros sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish hamda elektron xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
👍 8 000 dan ortiq madaniy meros obyektlari yagona elektron bazaga kiritildi;
👍 1 884 213 ta muzey ashyosi Milliy muzey fondi davlat katalogiga raqamli shaklda joylashtirildi;
👍 120 dan ortiq muzeylarda raqamli hisobot va statistika tizimi joriy etildi;
👍 320 mingdan ortiq elektron bilet rasmiylashtirildi;
👍 68 ta muzeyda elektron kassa tizimlari o‘rnatildi;
👍 120 dan ortiq tarixiy obyektlarning 3D modellari yaratildi;
👍 100 ga yaqin 360° virtual turlar tayyorlandi.
👍 Shuningdek, madaniy meros obyektlariga oid xizmatlarni onlayn ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, muzeylar faoliyatida raqamli boshqaruv tizimlari joriy etildi hamda sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda.

