#rasmiy_munosabat
2026-02-13 15:15:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 72-uy manzilida joylashgan obyekt bo‘yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori bilan tasdiqlangan milliy ro‘yxatda mazkur manzilda joylashgan obyekt qayd etilmagan. Shu bilan birga, ushbu hudud Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasi 37-uy manzilida joylashgan 145-sonli maktab binosi madaniy meros obyektining muhofaza hududiga ham to‘g‘ri keladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli qaroriga asosan, respublika ahamiyatidagi madaniy meros obyektlari va arxeologiya yodgorliklarining rejalashtirilgan chegarasidan 100 metrgacha bo‘lgan hududda qurilish va rekonstruksiya ishlari maxsus vakolatli organ — Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur manzilda mavjud bino o‘rnida ko‘p qavatli turar joy binosini barpo etish bo‘yicha “Abdurauf Stroy” xususiy korxonasi tomonidan taqdim etilgan loyiha 2025-yil 15–18-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Ilmiy-ekspert kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Kengashning 7-son yig‘ilishi bayonining 74-bandi (23-bet)ga muvofiq, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Istiqlol” ko‘chasi, 37-manzilda joylashgan “145-sonli maktab binosi”ning muhofaza hududida 72 va 24-uylarni buzish hisobidan birinchi qavat noturar, yuqori qavatlari turar joy bo‘lgan ko‘p qavatli binoni qurish loyihasi madaniy meros obyektini vizual ko‘rinishini to‘sib qo‘yayotganligi sababli loyiha rad etilgan.
Madaniy meros agentligi tomonidan madaniy meros obyektlarining muhofaza hududlarida har qanday qurilish ishlari amaldagi qonunchilik talablari asosida qat’iy nazorat qilinishini ma’lum qilamiz.
