Sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan muzeylar beshtaligi
2026-01-19 17:40:00 / Yangiliklar

Madaniy meros agentligi tomonidan 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra sayyohlar tomonidan eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar beshtaligi ma’lum qilinadi. Unga ko‘ra:
1. “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 1 145 595 nafar;
2. Registon ansambliga 1 136 069 nafar;
3. “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 851 714 nafar;
4. “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 476 592 nafar;
5. “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 185 604 nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurgan.
Mamlakatimizda ichki turizm salohiyatining izchil rivojlanishi hamda xorijiy sayyohlar oqimining yildan-yilga ortib borishi respublikamizning boy tarixi va madaniy merosi yuksak jozibadorlikka ega ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Jumladan, 2025-yil davomida Agentlik tizimidagi barcha muzey va muzey-qo‘riqxonalarga jami 6 mln.dan ortiq mehmon tashrif buyurgan bo‘lib, shundan qariyb 2 mln. nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etgan.
Yakunlangan yilda “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Registon ansambli, “Buxoro”, “Ichan-qal’a” hamda “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonalari tashrif buyuruvchilar orasida eng ommabop obyektlar qatoridan joy olib, ularga bo‘lgan qiziqish 2024-yilga nisbatan umumiy hisobda qariyb 25 foizga oshgani kuzatildi.
