Sharof Rashidov memorial muzeyi vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi
2026-01-19 16:25:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Jizzax shahrida joylashgan Sharof Rashidov yodgorlik memorial muzeyini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida muzey binosida rekonstruksiya va texnik yangilash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 19-yanvardan 31-avgustga qadar muzey tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.
Loyiha ishlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi viloyat madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida amalga oshiriladi. Belgilangan ishlar yakunlangach, muzey zamonaviy talablarga mos holatda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.
Ma’lumot uchun, modernizatsiya ishlari yakunlanganidan so‘ng muzeyda interaktiv multimedia texnologiyalari joriy etilib, tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi hamda yangi ekspozitsiyalar taqdim etiladi.
