#chigirtka_nazoratda: monitoring olib borilgan maydon 350 ming gektardan oshdi
2026-05-09 21:55:00 / Yangiliklar

9-may holatiga ko‘ra:
353 ming 746 gektarda monitoring olib borildi
260 ming 31 gektarda kimyoviy ishlov amalga oshirildi.
Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi kunda 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.
Murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kun-u tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va xizmatlar bepul.
Kunlik ma’lumotlar #chigirtka, #chigirtka_nazoratda, #chigirtkaga_qarshi_kurash xeshteglari orqali taqdim etib kelinmoqda.
