Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning malakasi oshirildi
2026-04-30 15:30:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qarorida davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda oʻz xodimlarining “Virtual akademiya”da korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borishlarini taʼminlash vazifalari belgilangan.
Qaror ijrosi doirasida joriy yilning 17-24-aprel kunlari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan ja’mi 295 nafar xodim, shundan 227 nafar boshqaruv (“Davlat xizmatida halollikni ta’minlash” mavzusida 24 soatlik masofaviy maxsus o‘quv kursi), 57 nafar yangi ishga qabul qilingan (“Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida 36 soatlik masofaviy maxsus o‘quv kursi) hamda 11 nafar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar (“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini samarali ishlashini ta’minlash” mavzusida 36 soatlik masofaviy maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv kursi) “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi orqali masofaviy o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi
