#chigirtka_nazoratda: Kimyoviy ishlov olib borilgan maydon 100 ming gektardan oshdi
2026-04-20 20:35:00 / Yangiliklar

20-aprel holatiga ko‘ra:
145 ming 458 gektarda monitoring olib borildi
102 ming 153 gektarda kimyoviy ishlov amalga oshirildi.
Joriy yilda 651,8 ming gektar maydonda zararli chigirtka tarqalishi prognoz qilingan.
Ayni vaqta kimyoviy kurash tadbirlari
Andijon viloyati - 1 412 ga
Buxoro viloyati - 1 112 ga
Jizzax viloyati - 16 803 ga
Qashqadaryo viloyati - 37 477 ga
Navoiy viloyati - 844 ga
Samarqand viloyati 14 239 ga
Surxondaryo viloyati - 24 543 ga
Toshkent viloyati 5 723 ga maydonda olib borildi.
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va kimyoviy vositalar zaxiralari shakllantirildi.
Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi kunda 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.
Murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kun-u tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va xizmatlar bepul.
Kunlik ma’lumotlar #chigirtka, #chigirtka_nazoratda, #chigirtkaga_qarshi_kurash xeshteglari orqali taqdim etib kelinmoqda.
