Eksportchilar uchun foydali: eksport operatsiyalarida asosiy 4 ta to‘lov usuli
2026-03-31 13:20:00 / Yangiliklar

Samarqandda eksportchilar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining o‘rinbosari Ulug‘bek Yunusov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda Samarqand shahrida eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar soha mutaxassislari, mas’ul idoralar vakillari hamda eksportyorlar oflayn va onlayn (Zoom orqali) ishtirok etdilar.
Muloqotda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga tayyorlash bosqichlari, mahsulotni saralash, qadoqlash va saqlash jarayonlari, xalqaro standartlar va fitosanitariya talablari, logistika va eksport jarayonidagi mavjud muammolar muhokama etildi. Shuningdek, meva-sabzavot, uzum va dukkakli mahsulotlarni eksport qilishda sifat talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlarga eksport geografiyasini kengaytirish, istiqbolli bozorlarga chiqish tartiblari, milliy brendlarni shakllantirish va xalqaro yarmarkalarda ishtirok etish bo‘yicha taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kundagi muhim yo‘nalishlar sifatida kooperatsiyani rivojlantirish, mahsulot qiymatini oshirish (qayta ishlash, qadoqlash), zamonaviy quritish texnologiyalarini joriy etish belgilangani ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishga qiziqtirish bildirgan eksportchilarga ko‘maklashish nazarda tutilgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, muloqotda Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash va ochiqlikni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Murojaat uchun aloqa raqamlari eslatib o‘tildi.
Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning tizimli muammolarini hal qilish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarda mahalliy mahsulotlar hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
