Xalqaro laboratoriyalar bilan hamkorlik — eksport uchun yangi bosqich
2026-03-28 10:40:00 / Yangiliklar

Bugun Germaniyadagi “study tour” doirasida Eurofins Umwelt Ost GmbH kompaniyasi vakili Katarina Xelke bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu kompaniya Eurofins Scientific xalqaro laboratoriyalar tarmog‘ining bir qismi bo‘lib,
Yevropada 590 ga yaqin laboratoriya, Shimoliy Amerikada 200 laboratoriya, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 100 laboratoriya
Janubiy Amerikada 15 laboratoriyaga ega.
Eurofins Scientific mutaxassislari 200 000 dan ortiq tahlil metodlari orqali:
- atrof-muhit tahlillari (suv, tuproq, havo)
- oziq-ovqat va yem-xashak xavfsizligi
- agrosanoat (Agroscience)
- klinik diagnostika va biofarma
- genomika va forenzik tahlillar
- iste’mol mahsulotlari va elektronika sinovlarini o‘tkazishadi.
Muloqotda O‘zbekistonda mazkur laboratoriya filialini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Eurofins Umwelt Ost GmbH kompaniyasi vakili Katarina Xelke hamkorlik uchun istiqbolli bo‘lgan yo‘nalish borasida tahlil olib borilishi va mavjud talab o‘rganilishi haqida xabardor qildi va O‘zbekistonning bu boradagi salohiyatiga oid raqamlar bilan tanishdi.
Mazkur hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun eksport mahsulotlarini Yevropa standartlariga mos ravishda laboratoriyadan o‘tkazish, mahsulot sifati va xavfsizligini xalqaro darajada tasdiqlash, Yevropa bozorlariga kirishda ishonch va raqobatbardoshlikni oshirish, eksportda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik to‘siqlarni kamaytiradi.




