Germaniyaning ilg‘or oziq-ovqat bozori modeli: Viktualienmarkt misolida
2026-03-26 17:35:00 / Yangiliklar

Germaniyada tashkil etilgan “study tour” doirasida delegatsiya a’zolari Viktualienmarkt bozori faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ma’lumot uchun, “Viktualienmarkt” — Myunxen shahrining eng yirik va mashhur oziq-ovqat bozori hisoblanib, u 100 yildan yildan ortiq tarixga ega. Bugungi kunda bozor 22 ming kv.metrdan ortiq hududni egallab, 140 dan ziyod savdo nuqtalarini o‘z ichiga oladi.
Bozorda mahalliy va import qilingan yangi sabzavot va mevalar, organik mahsulotlar, go‘sht-sut mahsulotlari, dengiz mahsulotlari hamda an’anaviy bavariya taomlari keng assortimentda taklif etiladi. Shu jihatdan, “Viktualienmarkt” yuqori sifat va oziq-ovqat xavfsizligi standartlarining amaliy namunasi sifatida ham ahamiyat kasb etadi.
Delegatsiya a’zolari Germaniyada oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, saqlash va sertifikatlash tizimi, mahsulotlarni kuzatilishi (traceability), shuningdek sanitariya va fitosanitariya talablariga qat’iy rioya etish amaliyotini ham o‘rgandilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittiqoqi dunyodagi eng yirik oziq-ovqat importchilaridan bo‘lib, har yili 150 mlrd yevrodan ortiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi. Ayniqsa, yangi meva-sabzavot, organik mahsulotlar, quritilgan meva va yong‘oq mahsulotlariga talab yuqori.
Germaniya esa YEI mamlakatlari orasida meva-sabzavot mahsulotlarining katta qismi import qilishini inobatga oladigan bo‘sak, bu tashqi bozorlar, jumladan O‘zbekiston uchun muhim eksport imkoniyatlarini yaratadi.
Shu nuqtayi nazardan, “Viktualienmarkt” kabi bozorlar faoliyatini o‘rganish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun
Yevropa bozori talablarini amalda tushunish;
mahsulotlarni qadoqlash, markirovka va pozitsiyalash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish;
eksport geografiyasini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlashga yordam beradi.




