Halollik – taraqqiyot poydevori: “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida seminar o‘tkazildi
2026-03-02 10:45:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda soha xodimlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari ishtirok etdi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ-huquqiy asoslari, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar hamda O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar korrupsiyaning iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning davlat boshqaruvi va moliyaviy barqarorlikka tahdidi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirdi.
Xodimlar orasida halollik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash, tamagirlik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari alohida muhokama qilindi. Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonunlarga qat’iy rioya qilish va xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, qonunlarga amal qilgan har bir shaxs davlat himoyasida ekani alohida qayd etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Prezidentning PF-5729 va PF-6013-son Farmonlari hamda PQ-81-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Shuningdek, PF-6262-son Farmon asosida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish, import va eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'grisida ma'lumot berildi.

