Korrupsiyaga qarshi kurashish hamdamanfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-02-23 19:25:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida qatnashchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, Davlat fuqarolik xizmatchilarining Odob-axloq qoidalari borasidagi qonunchilik, normativ-huquqiy hamda ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, xodimlarga korrupsiyani oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish, shuningdek, xizmat faoliyati va xizmatdan tashqari vaqtda Odob-ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi borasida qonunchilik talablari to’g’risida atroflicha ma’lumotlar berilib, shunday turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.


