KOICA loyihasi doirasida fitosanitariya laboratoriyalari va zamonaviy o‘quv xonalari infratuzilmasi takomillashtiriladi
2026-01-07 10:35:00 / Yangiliklar

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida ko‘p tomonlama muvofiqlashtiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, loyiha doirasida hududiy fitosanitariya laboratoriyalari uchun zamonaviy tahlil va nazorat asbob-uskunalari, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mo‘ljallangan uskunalar xarid qilingan. Mazkur uskunalar fitosanitariya laboratoriyalarida tahlillarning aniqligi va tezkorligini oshirish, xodimlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, milliy fitosanitariya nazorati tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga yordam beradi.
Uchrashuvda koreyalik mutaxassis-muhandislar ishtirokida asbob-uskunalarni joylarda o‘rnatish, ishga tushirish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar-treninglar o‘tkazish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadigan har bir hududdagi obyektlarning tayyorgarlik holati va
Mazkur uchrashuv qo‘shma loyiha doirasidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘lib, u O‘zbekistonda fitosanitariya xizmatining institutsional va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





