O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston R
2025-11-18 17:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.K.Ergashev Xo‘jayli tumaniga mas’ul etib biriktirilgan.
Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Agentlikning ishchi guruhi va mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida Xo‘jayli tumanida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbir davomida aholiga farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati va uning amaliy afzalliklari batafsil tushuntirib berildi.
Yig‘ilishda ro‘yxatga olish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, aholini faol jalb etish hamda jarayonning shaffof va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.




