Karmana tumanida yangi innovatsion loyiha o‘rganildi
2025-09-24 19:15:00 / Yangiliklar

Tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Tillayev hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida Jahon bankining "MUNIS" loyihasi doirasida xalqaro grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan "O‘zEraeAlternator" MCHJga tegishli "Avtomobil elektr tizimlarini ishlab chiqarish" loyihasi joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida xorijiy davlatlardan olib kelinayotgan uskuna va texnologiyalar, ularni o‘rnatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Loyiha joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, 5 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 280 ming AQSH dollarini tashkil etib, shundan 50 ming dollari grant mablag‘lari hisoblanadi.
Hozirda loyihani amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
