“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini oсhmoqda
2025-07-30 14:50:00 / Yangiliklar

Yosh olimlarning loyihalari umumiy hisobda 1 614,720 mln so‘m miqdorida moliyalashtiriladi. Ular belgilangan laboratoriyalarda o‘z izlanishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, loyihani bajarish davomida ularning asosiy ish joyidagi lavozimi va oylik ish haqi saqlanib qolinadi.
Maʼlumot o‘rnida, “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi 2021-yildan boshlab har yili respublikamizdagi ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini berish maqsadida tashkil qilib kelinmoqda.
Ayni kunlarda ham tanlovga loyihalar qabul qilinmoqda.









