Qo‘qon davlat universiteti dotsenti Turkiyada ilmiy stajirovka o‘tamoqda
2025-05-30 09:30:00 / Yangiliklar
Qo‘qon davlat universiteti dotsenti () Qahramon Karimov Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri — dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoridan o‘rin olgan Otaturk universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

Mazkur stajirovka joriy yilning 19-iyuniga qadar davom etadi. Stajirovka doirasida dotsent Qahramon Karimov o‘z yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or ilmiy-uslubiy tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda, xorijiy olimlar bilan muloqot olib bormoqda.
“Ilmda yangi ufqlarni ochish uchun tajriba, hamkorlik va izlanish muhim. Otaturk universitetida o‘tkazilayotgan stajirovka mening ilmiy faoliyatimda muhim bosqich bo‘lishiga ishonaman,” — deydi Qahramon Karimov.
