Innovatsion rivojlanish agentligi va Estoniyaning e-Governanse Academy (eGA) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-05-14 15:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida, ilmiy-innovatsion ekotizimni raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqish, kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli transformatsiya bo‘yicha o‘quv kurslarini joriy etish, ilmiy maʼlumotlar bazasi va portalini yaratishda Estoniya tajribasidan foydalanish hamda “e-Science” platformasi orqali tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Estoniya delegatsiyasi tomonidan Yevropa Ittifoqining “Team Europe Initiative on Digital Sonnestivity in Sentral Asia: Sybersesurity Somponent (2025–2028)” loyihasi bo‘yicha ham maʼlumotlar berildi.
Tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish, ekspertlar almashinuvi va birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida doimiy hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha kelishib oldilar.


