IIV rahbariyati tomonidan TvaTOXTD xodimlari tomonidan 2 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2026-03-09 14:20:00 / Yangiliklar

Ichki ishlari vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov boshchiligida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti masʼul xodimlari hamda Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi, Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 2 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish boshida Vazir oʻrinbosari tomonidan transport obyektlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olish, shuningdek, baxtsiz hodisalarni barvaqt oldini olish, transport obyektlaridagi ijtimoiy-kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillar chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilash, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan dunyodagi boʻlayotgan oʻzgarishlar, yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar haqida toʻxtalib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarilishi, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijrochilik intizomiga qatʼiy amal qilinishi, oʻzaro hurmat, muomala, yurish-turish, kiyinish madaniyatiga, amaldagi qonunchilikka rioya qilish, oʻtkazilayotgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi






