Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
|
BOSH SAHIFA |
|
G‘ijduvon tuman hokimligi rasmiy veb saytida “Hokimiyat haqida”, “Faoliyat”, “Davlat xizmatlari”, “Hujjatlar”, “Ochiq ma’lumotlar”, “Axborot xizmati”, “Bog‘lanish” ruknlari mavjud. |
|
|
|
“Hokimiyat haqida”gi bo‘limida tashkiliy tuzilma, rahbariyat, hokimlik apparat xodimlari haqida ma’lumot joylashtirilgan. |
|
FAOLIYAT BO‘LIMI |
|
“Faoliyat” bo‘limida sohalar bo‘yicha ma’lumotlar ya’ni elektron hukumat, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, yoshlar siyosati, gender tenglik yo‘nalishlarida qilinayotgan ishlar yoritib borilgan. |
|
HUJJATLAR BO'LIMI |
|
“Hujjatlar” bo‘limida tuman hokimligi tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan normative-huquqiy hujjatlarga havolalar mavjud. |
|
OCHIQ MA'LUMOTLAR BO'LIMI |
|
“Ochiq ma’lumotlar” ruknida ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar, tuman hokimligi hisobotlari va ish rejalari, G‘ijduvon tumani bo‘yicha g‘olib bo‘lgan loyihalarni “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish ma’lumotlari, G‘ijduvon tumani mahalliy byudjetining daromadlari, xarajatlari va ijrosi ma’lumotlari, G‘ijduvon tumanida qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar, xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risida ma’lumotlar va boshqa turdagi ochiq ma'lumotlar joylashtirilgan. |
|
AXBOROT XIZMATI BO'LIMI |
|
“Axborot xizmati” bo‘limida rasmiy maqolalar, yangiliklar, rahbariyatning bayonotlari va nutqlari, voqealar taqvimi, majlislar, matbuot anjumanlari, press-relizlar yoritilib boriladi. |
|
BOG‘LANISH BO'LIMI |
|
“Boganish” ruknida hokimlik bilan bog‘lanish kontaktlari, so'rovnomalar, qayta aloqa, korrupsiyani oldini olish boʻyicha murojaat yuborish haqidagi ma'lumotlar joylashtirilgan. |
VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR
|
№ |
ATAMALAR |
IZOH |
|
1. |
PF-6247 |
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. |
|
2. |
PF-154 |
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. |
|
3. |
Kapital qo'yilmalar |
Kapital mablagʻlar — ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan mablagʻ. |
|
4. |
Jamoatchilik Kengashi |
Birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan «ko‘prik» rolini bajaradi. |
|
5. |
Ko‘chmas mulk |
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan ob’yektlar kiradi. |
|
6. |
Xizmat safari |
Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib-kelish) tushuniladi. |
|
7. |
Aksiyador |
Aksiyaning egasi, undan naf ko‘ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Aksiyadorlik jamiyatining a’zosi, o‘z aksiyasini tasarruf eta oladi. |
|
8. |
Davlat budjeti |
Davlat budjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. |
|
9. |
Ochiq ma’lumotlar |
Ochiq ma’lumotlar - ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, «Internet» tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir. |
|
10. |
Press-reliz |
Tashkilot matbuot xizmatining ommaviy axborot vositalari uchun tayyorlagan xabarnomasidir. |
