Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari
1.G‘ijduvon tuman hokimligi tanlov komissiyasi
G‘ijduvon tuman hokimligi tanlov komissiyasining asosiy vazifalari:
nomzodning taqdim etgan hujjatlarini vakant lavozimni egallash bo‘yicha malaka talablariga mosligi o‘rganib chiqadi;
o‘rganish natijasida malaka talablariga muvofiq bo‘lgan nomzodlar tanlov ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritiladi, malaka talablariga muvofiq bo‘lmagan nomzodlar tanlov ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilmaydi va o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi;
nomzodlar ro‘yxati tanlov komissiyasiga taqdim qilinadi va tanlov komissiyasi tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
sayt orqali tanlov o‘tish joyi va vaqti to‘g‘risida nomzodlarga xabar berilishi ta’minlaydi.
2.G‘ijduvon tumani hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashi
G‘ijduvon tumani hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, qarorlar, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikrini hisobga olishni ta’minlash;
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
davlat organi zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor vazifalar va funksiyalarning bajarilishini monitoring qilish;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shartnomalar va dasturlarni kuzatib borish;
nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi “ko‘prik” rolini bajarish;
ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;
jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish, tahlil etish va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish (shu jumladan, AKT vositasida);
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, monitoring qilish va takliflar tayyorlash;
davlat organi faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasidagi ishlarni monitoring qilish va takliflar ishlab chiqish; jamoatchilik kengashi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirib borish, ularni har chorakda yangilab borish;
davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va yaxshilashga doir takliflar tayyorlash;
davlat organi faoliyatiga oid tushuntirish ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar berish;
davlat organlari xodimlari va ularning oila a’zolarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat sharoitlarini, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish holatini o‘rganish, tahlil qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
3. G‘ijduvon tumani eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarini amalga oshiruvchi savdo komissiyasi
G‘ijduvon tumani eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarini amalga oshiruvchi savdo komissiyasining asosiy vazifalari:
eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini shaffoflik, ochiqlik va raqobatbardoshlik tamoyillariga muvofiq tashkil etish maqsadida barcha xarid jarayonlarini majburiy tartibda elektron shaklda o‘tkazish belgilab qo‘yiladi. Bunda xarid jarayonlarining barcha bosqichlari — takliflarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish, baholash hamda g‘olibni aniqlash ishlari faqat maxsus elektron platformalar orqali amalga oshiriladi;
xarid komissiyasining raisi va a’zolari tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonida elektron raqamli imzodan (ERI) majburiy foydalanish tartibi joriy etiladi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy jihatdan mustahkamligini ta’minlaydi, inson omilini kamaytiradi hamda jarayonlarning korrupsiyaviy xavflardan holi bo‘lishiga xizmat qiladi;
elektron tizim orqali barcha hujjatlar avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi va saqlanadi, bu esa xarid jarayonlarining to‘liq nazorat qilinishini, ularning shaffofligini hamda keyinchalik audit va monitoring o‘tkazish imkoniyatini yanada kengaytiradi;
4.G‘ijduvon tuman hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman ishchi guruhi
G‘ijduvon tuman hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman ishchi guruhi vazifalari:
qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan yerlar, meliorativ holati yomonlashgan yerlar, qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar to‘g‘risida axborot bazasini shakllantirish;
tuman ishchi guruhi rahbari, tuman hokimining o‘rinbosari - tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga “Buxvilyerloyiha” bo‘linmasi mutaxassislariga yuklatilgan vazifalarni qisqa muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish;
tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi yer tuzish va monitoring sho‘basi boshlig‘iga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarda xatlov ishlari yakuni bo‘yicha qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan yerlar, meliorativ holati yomonlashgan yerlar, qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar to‘g‘risida axborot bazasini shakllantirish;
yaroqsiz holatga kelib qolgan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlari ma’lumotlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoportal axborot tizimiga kiritish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirish;
5.G‘ijduvon tuman hokimligi huzuridagi nizolarni hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi
G‘ijduvon tuman hokimligi huzuridagi nizolarni hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari:
“mahalla yettiligi”ning mazkur Nizomning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.01.2026 yildagi 35-son qarorining 26-bandida nazarda tutilgan ishlar yuzasidan qabul qilingan maʼmuriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini koʻrib chiqish;
shikoyatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan qonunchilik hujjatlaridagi tafovut va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
6. G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun yer tuzish loyiha ishlariga amaliy yordam beruvchi tuman muvofiqlashtiruvchi guruh
G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun yer tuzish loyiha ishlariga amaliy yordam beruvchi tuman muvofiqlashtiruvchi guruhining asosiy vazifalari:
tuman hududida shamol elektr stansiyasini, havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin va ularning chegaralariga aniqlik kiritib, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutiga taklif yuborish;
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mutaxassislariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatda sifatli bajarilishini ta’minlash uchun amaliy yordam ko‘rsatish hamda zaruriy hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish;
“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mutaxassislari tomonidan bajarilgan loyiha ishlarini tuman muvofiqlashtiruvchi guruh yig‘ilishida ko‘rib chiqib, tuman hokimining iltimosnoma xati orqali Buxoro viloyati hokimligiga tasdiqlash uchun kiritish topshirish
tuman hududidan qurilish ishlarining ta’sir doirasiga tushgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan foydalanilayotgan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, mazkur yer maydonlarining elektron raqamli xaritalarini tuzish hamda qishloq va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiligi miqdorini aniqlash ishlarini amalga oshirish maqsadida yer tuzish loyiha ishlariga amaliy yordam beruvchi tuman muvofiqlashtiruvchi guruh va ishchi guruhi a’zolari o‘zlarining vakolat doiralarida ishtirok;
7. G‘ijduvon tumani Favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi
G‘ijduvon tumani Favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining asosiy vazifalari:
yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish, ushbu kasalliklar epidemiyalarining (VICH infeksiyani (SPID), vabo, gripp va boshqalarning) odamlar oʻrtasida tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, oziq-ovqatlardan ommaviy ravishda zaharlanish hollarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jamoat tashkilotlari orqali amalga oshiradi;
ichimlik suv bilan taʼminlashni tashkil etish hamda kommunal va idoraviy suv quvurlaridagi, ichimlik suv bilan taʼminlashning markazlashtirilmagan manbalaridagi ichimlik suv sifatini oshirish tadbirlari ustidan nazoratni taʼminlaydi;
hududlarda jamoat tashkilotlarining insonning yuqumli kasalliklari epidemiyalarining, oziq-ovqatlardan ommaviy ravishda zaharlanishi hollarining oldini olishga, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka va ularni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
8. G‘ijduvon tumani mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi
G‘ijduvon tumani mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasining asosiy vazifalari:
yetakchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularga oʻz vazifalarini lozim darajada amalga oshirishi uchun uslubiy koʻmaklashish;
mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla — tuman — viloyat — respublika” boshqaruv tizimini yaratish boʻyicha ishlar samaradorligini nazorat qilish;
yetakchilar faoliyatida vujudga keladigan muammolarni hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni taʼminlash.
