Tuman hokimi Ashurov Sherzod Rahimovichining G‘ijduvon tumanida 2025-yilning 9 oyligida erishilgan natijalar, 2025-yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida murojjati
2025-10-31 14:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum,
Hurmatli deputatlar, yig‘ilish ishtirokchilari.
Hurmatli Prezidentimiz rahbarliklarida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmandlarga ko‘maklashish, ochiqlik siyosatini yuritish, mamlakat iqtisodiyoti va xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha tarixiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, tumanimiz imkoniyatlari bilan O‘zbekistondagi eng salohiyatli hududlardan biridir.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari,
Hurmatli Prezidentimizning tumanga bo‘lgan yuksak e’tiborlari, xalqimizga yaratib berayotgan keng imkoniyatlari hamda tumanimizning barqaror rivojlanishi va obod bo‘lishini har taraflama qo‘llab-quvvatlab kelayotganlari, bugun har bir G‘ijduvonlikning hayotida namoyon bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari bo‘yicha yig‘ilish bayonlari hamda
2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-423-son) alohida qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda mazkur yig‘ilish bayonlari va qarorda belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi so‘zsiz ta’minlanmoqda.
Bunda aholining turmush tarzini yaxshilash, yangi korxonalarni tashkil qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirishga asosiy e’tibor berildi.
Natijada:
Joriy yilning o‘tgan 9 oyida sanoat (2,4 trln.so‘m) 107,3 foizga, qishloq xo‘jaligi (3,7 trln.so‘m) 104,1 foizga, qurilish ishlari (0,7 trln.so‘m) 115,8 foizga, xizmatlar hajmi (2,6 trln.so‘m) 116,8 foizga o‘sdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,2 mln.so‘m, xizmatlar 8,1 mln.so‘m, qishloq xo‘jaligi 11,3 mln.so‘m hamda qurilish 2,2 mln.so‘mga yetdi.
Sanoat ishlab chiqarishining 22,3 foizi (0,5 trln. so‘m) tarmoq va 77,7 foizi (1,9 trln. so‘m) hududiy darajadagi korxonalarga to‘g‘ri kelib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 7,2 mln. so‘mni, kichik biznesning sanoatdagi ulushi 55,5 foizni tashkil etdi.
O‘tgan davr mobaynida 78 ta faoliyat ko‘rsatmayotgan sanoat korxonalarining muammolarini bartaraf etish hamda yaqindan ko‘mak berish hisobiga qo‘shimcha 15,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari va qo‘shimcha 118 ta ish o‘rinlari tiklanishiga erishildi.
Bundan tashqari tuman sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va modernizatsiya qilinishi hamda energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi hamda buning natijasida tannarx xarajatlarini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Natijada tuman sanoat korxonalari tomonidan 2024-yil 9 oyida 50,4 mln.kVt elektr energiya sarfi amalga oshirilib, 1,9 trln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilning 9 oyida 42,6 mln.kVt elektr energiyasi sarflanib (2024-yil 9 oyga nisbatan 7,9 mln.kVt kam) 2,4 trln.so‘mlik mahsulot (3,5 barobar) ishlab chiqarildi.
Tumanda brend mahsulotlar ishlab chiqarish va mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Misol uchun, “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ tomonidan bugungi kunda Ispaniyaning yuqori sifatli to‘qimachilik fabrikasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Zara” brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ymoqda.
Vertikal sanoat binolarini tashkil etish maqsadida “G‘ijduvon tajribasi”ga asosan tumandagi 4 ta mahallada umumiy qiymati 13,5 mlrd.so‘mlik 4 ta loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 100 nafardan ortiq, shundan 25 nafar kambag‘al aholi bandligi ta’minlandi.
Bugungi kunda tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2,9 ming tani tashkil etsa, shundan 2,1 mingtasi yoki 72,4 foizi xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi.
Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga o‘tgan
9 oyda jami 485 ta yangi tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish subektlari va mavjudlarining faoliyatini kengaytirish hisobiga, 586 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Yangi tadbirkorlikni tashkil etish uchun qulay muhit yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlarini tashkil etishga mo‘ljallangan jami 2,0 gektar yer maydonlari 19 ta lotlarga ajratilib auksion savdolariga chiqarildi.
2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 100,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 110,3 foizga oshdi.
Bundan tashqari, transport xizmatlari 872,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 117,5 foizga;
Savdo xizmatlari 833,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 117,5 foizga;
Moliyaviy xizmatlar 264,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 107,7 foizga oshdi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari,
Aholi bandligini ta’minlash dasturlari doirasida 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida 35,2 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi.
Ishsizlik darajasi 2024-yilda 5,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yil
3-chorak yakuni bilan 0,4 foiz (4,9 foiz)gacha tushirishga erishdik.
Kambag‘allik darajasini 2024-yildagi 8,9 foizdan joriy 2025-yil
3-chorak yakuni bilan 5,0 foizgacha tushirdik.
Xorijga chiqib ketgan 9755 nafar migrantlarning 1 333 nafari tartibli mehnat migratsiyasi bilan qamrab olindi. 586 nafar xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘qishga jalb qilindi.
Bugungi kunga qadar jami 3 694 nafar fuqarolar o‘qish jarayonlarini tamomlagan. Bitiruvchilarning 668 nafari ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilingan bo‘lib, shundan 422 nafari xorijga ishga yuborilgan.
Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan yaratib berilgan shart-sharoitlar va berilgan imkoniyatlar hisobiga, 2025-yil 9 oyligida tadbirkorlik subyektlari soni 2,8 mingtaga yetib, 2024-yil (27,5 mingta)ga nisbatan 0,5 mingtaga ko‘paydi.
Tumanda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2025-yilda 835,7 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi.
Bugungi kunda 5,7 ming nafar fuqarolar aynan shu korxonalarda doimiy bandligi ta’minlangan.
Shuningdek, dasturlar doirasida jami 190,1 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltirilib, o‘tgan yilga nisbatan 155,7 mlrd so‘m yoki 122 foizga o‘sdi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 47,3 mlrd.so‘m, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 49,2 mlrd.so‘m, Biznesga birinchi qadam dasturi doirasida 6,6 mlrd.so‘m, Mahalla loyihasi dasturi doirasida 87,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida “Sayxunobod” tajribasi asosida 70 ta mahallalardan 2 467 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, buning natijasida 5 055 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 65,1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
- tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan 505 ta muammoli masalalarning 501 tasi hal etilib, tadbirkorlar tomonidan 636 ta ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
Byudjet daromadlariga joriy yilning 9 oyida 86,6 mlrd.so‘mni tushum tushishi ta’minlanib, belgilangan reja (83,5 mlrd so‘m) 103,8 foizga bajarildi.
Shuningdek, mahalliy byudjetga 142,9 mlrd.so‘m tushum tushirilib, mahalliy byudjet ixtiyorida 1,9 mlrd.so‘m mablag‘lar qolishi ta’minlandi.
Tumanda xususiylashtirish dasturlariga kirgan ko‘chmas mulk obyektlaridan 7 tasi 4,3 mlrd so‘m baholangan qiymatda ommaviy savdolarga chiqarilib, 2025-yil 9 oyligida 4 ta aktivlar (ilgari savdolarga chiqarilgan aktivlar bilan birgalikda) 1,8 mlrd. so‘mga sotilishi ta’minlandi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida auksion savdolariga chiqarilgan umumiy yer maydoni 10,9 gektar (162 ta) yer uchastkalari 2,9 mlrd so‘mga sotilishi ta’minlandi.
Investitsiya dasturlari doirasida 2025-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida umumiy qiymati 8,7 trln so‘mlik 35 ta xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokida loyihalar amalga oshirilib, 917 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Jumladan:
sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 8 625,8 mlrd so‘m bo‘lgan 12 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, buning natijasida 333 nafardan ziyod yangi ish o‘rinlari;
xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati 92,1 mlrd so‘m bo‘lgan 18 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, buning natijasida 74 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 14,4 mlrd so‘m bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, buning natijasida 510 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
Misol uchun:
G‘ijduvon tumanida "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 750,0 mln.dollarlik quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilib, ishga tushirilishi hisobiga 150 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 66,6 mln. dollarni tashkil etdi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga o‘sish ta’minlandi).
Jami hududiy eksport hajmi - 2025-yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bilan 29,5 mln. dollarni tashkil etdi.
Shundan, sanoat mahsulotlari eksporti hajmi 28,2 mln. dollarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 1,3 mln. dollarni tashkil etdi.
Hurmatli deputatlar, yig‘ilish ishtirokchilari!
Tumanda barcha dasturlar doirasida 67 ta obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish uchun jami 262,1 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Jumladan 15 ta (61,3 mlrd so‘m) umumta’lim maktablari, 3 ta (15,0 mlrd so‘m) maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 4 ta (37,1 mlrd so‘m) sog‘liqni saqlash muassasalari, 1 ta (1,5 mlrd so‘m) sportni rivojlantirish obyektlari, 2 ta (65,0 mlrd so‘m) madaniyat va madaniy meros obyektlari va 43 ta (142,2 mlrd so‘m) boshqa obyektlarda qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda hamda ularning energiya samaradorligi oshirilmoqda.
Jumladan, dasturlarga kiritilgan obyektlarning 291 tasi foydalanishga topshirildi.
15 ta umumta’lim maktablarida, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 3 ta sog‘liqni saqlash muassasalari, 37 ta boshqa obyektlarda qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
So‘nggi yillarda aholining yuqori o‘sish sur’atida va iqtisodiy faollikning ortishi sharoitida respublika, viloyat qolaversa, tuman miqyosida uy-joyga bo‘lgan talab ham o‘sib bormoqda.
2025-yilning o‘tgan 9 oy davomida jami 120 ta xonadondan iborat bo‘lgan uylar foydalanishga topshirildi.
Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
233 nafar fuqarolarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya xabarlari berilib, tijorat banklari tomonidan jami 69,0 mlrd.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash va suv iste’molini hisobga olishning zamonaviy tizimlari asosida aholining ichimlik suvi ta’minoti darajasi bugungi kundagi 74 foizdan 75,2 foizga yetkazilishi ta’minlandi.
2025-yilda jami 92,5 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarda hamda 1 ta ko‘priklarda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida tasdiqlangan reja asosida 41 ta transformator punktlarini hamda 41,3 km elektr tarmoqlarini yangidan qurish, 368 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 148 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.
Jami 172 ta obyektlarda 2,4 MVt quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borildi.
Jumladan:
85 ta ta ijtimoiy soha va davlat idoralari binolariga 440 kVt, 54 ta aholi xonadonlariga 440 kVt, 2 ta yangi qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarning tom qismida 100 kVt, 31 ta tadbirkorlik subyektlarida 1 450 kVt kuyosh panellari o‘rnatildi.
Tumanning jami yer maydoni gektarni, shundan ekin yerlar 17,0 ming gektarni tashkil qiladi.
Pilla bu eng serdaromad, xalqimizni ish bilan band qiladigan, dehqonchilikda birinchi yaratiladigan hosil hisoblanadi.
2025-yilda 9 870 quti ipak qurti parvarishlanib, 610 tonna (2024-yilga nisbatan 18 tonna ko‘p) hosil olinib, shartnomadagi reja Viloyatda birinchilardan bo‘lib bajarildi.
Pilla yetishtirish mavsumida jami 14 mingdan ortiq ishchi xodimlar jalb qilinib, ularga 24 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari tarqatilib, aholi daromadi oshirildi va bandligi ta’minlandi.
Tumanimiz g‘allakorlari ham viloyatimizda birinchilardan bo‘lib davlatga don sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi.
2025-yilda og‘ir iqlim va yer sharoiti bo‘lishiga qaramasdan tumanimiz g‘allakorlari 40 ming tonnadan ortiq hosil yetishtirib, o‘rtacha 77 sentner hosil olindi.
Tuman g‘allakorlari yetishtirilgan g‘alla hosilidan 120 mlrd.so‘m daromad oldi, shundan, 42 mlrd. so‘mi sof foyda.
G‘alladan va ertangi ekinlardan bo‘shagan maydonlarga jami 5080 gektar takroriy ekinlar ekildi. G‘alladan bo‘shagan maydonlardan ming gektardan ortiq yer maydoni 2 800 ta ijtimoiy daftarda turgan aholiga takroriy ekinlar ekib, daromad olish uchun 25-30 sotixdan tarqatib berildi va 15 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, hurmatli deputatlar.
Tumanda belgilangan 37 520 tonnadan ziyod hosil yig‘ishtirib olinib, yillik shartnoma rejasi bajarildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil 29-oktyabr holatida tuman bo‘yicha reja 75 foizga bajarilgan yoki 26.5 ming tonna paxta terilgan.
Mavsum davomida terimchilar yordamida 17 687 tonna va salkam 19 800 tonna yoki 53 foiz paxta mashinalar yordamida terilgani katta natija hisoblanadi.
Zahmatkash dehqon va fermerlarning fidokorona mehnatlari orqali hurmatli Prezidentimiz va xalqimiz oldida yuzlari yorug‘ bo‘lgani hammamizni quvontiradi.
Fursatdan foydalanib, ularning barchasiga rahmat aytmoqchiman. Hurmatli Prezidentimizning islohotlari va yaratib berayotgan sharoitlari bunday natijalarga erishishda asosiy omil bo‘ldi.
Hurmatli deputatlar, yig‘ilish ishtirokchilari.
2025-yilda 12 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasalar tashkil etilib, ularning soni 395 ta (78 ta davlat, 317 ta xususiy)ga, maktabgacha ta’lim qamrov darajasi 2024-yildagi 84 foizdan 90,2 foizga, xususiy maktablar tarmog‘i kengayib, 2025-yilda ularning soni 8 taga yetdi.
Tizimda yangi zamonaviy ta’lim metodikalarni joriy etish maqsadida 2025-yilda Germaniya, Fransiya va Koreya davlatlaridan 16 nafar xorijiy pedagog ta’lim jarayonlariga jalb qilindi.
Maktab bitiruvchilarning oliygohlarga kirish darajasi 54,2 foizdan 60,1 foizga yetib, bitiruvchilarimizning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan o‘rtacha ballari 96 ballni tashkil etdi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Yoshlar bandlik dasturi doirasida 4 314 nafar yoshlarning bandligini ta’minlashga erishildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida ham tizimli ishlar davom ettirilib, kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida tumanning 2 nafar shifokorlari chet elning nufuzli klinikalarida hamda 76 nafari esa respublika va viloyatda malakasi oshirildi.
Tibbiyot muassasalari uchun 2025-yilning o‘tgan davrida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 2170,7 mln so‘mlik 333 dona kompyuter texnika vositalari olib berildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida 2025-yilda 34 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun jami 16 mlrd. 359 mln. so‘m mablag‘ ajratildi va ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.
Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan yoshlarning 439 nafariga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali 2,6 mlrd so‘m miqdorida ko‘mak ko‘rsatildi.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish borasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 45 940 nafar yoshlar xorijiy tillarni onlayn o‘rganayotgan bo‘lib, sertifikat olganlar 11 768 nafarni tashkil etdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 26 ta loyiha va tadbirlarda ishtirok etish uchun 10-30 yoshdagi yoshlarning 84 046 nafari sport, 36 181 nafari tanlov, 346 nafari adaptiv sport yo‘nalishlarida jami 120 ming 622 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etdi.
Besh tashabbus olimpiadasining bugungi kunga qadar o‘tkazilgan Respublika bosqichlarida tuman yoshlari 6 ta yo‘nalishda g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
“Aloqa bank” ATning “Biznesga birinchi qadam – Yoshlar uchun” loyihasi doirasida 67 nafar yosh fuqarolar bilan 1 mlrd. 600 mln. so‘m miqdorida kredit shartnomalari imzolandi.
Jumladan, 41 nafar yosh fuqarolarga 3 mlrd. 56 mln. so‘m, tadbirkorlik yo‘nalishlarida kredit olish ehtiyoji mavjud yoshlarning 5 ta loyihalarga 3 mlrd. 621 mln. so‘mlik kredit ajratildi.
“Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 12 ta loyihaga 1,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
So‘nggi yillarda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Tumanimizda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal qilish bilan bog‘liq bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2025-yilda “Ayollar daftari”ga 9 592 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, ularning 100,0 ga muammolarini hal qilish bilan bog‘liq yordamlar ko‘rsatildi.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan jami 1,7 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratildi.
Shu bilan birga 9 592 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar va ularning farzandlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ijtimoiy-huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.
Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 126 nafar faol xotin-qizlar zaxiraga olindi.
Mamlakatimizda olib borilgan ochiqlik siyosati hamda islohotlar natijasida 2025-yilning 9 oyida jami sayyohlar soni 460 ming nafar (xorijiy sayyohlar soni 110 ming nafar)ni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 150,0 foizga oshdi.
O‘tgan davr mobaynida turizm eksporti hajmi 16,5 mln.dollar (2024-yilning mos davriga nisbatan 172,0 foiz)ga yetdi.
Shu bilan birga, respublika hududlaridan tumanga
311,5 ming nafar mahalliy aholi sayyoh sifatida tashrif buyurdi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida tumandan respublika hududlariga 150 ming nafardan ortiq mahalliy aholi, korxona va tashkilot ishchi-xodimlarining sayohatlari tizimli tashkillashtirildi.
Tumandagi “Saidkent” MFYsi “Turizm qishlog‘i” loyihasini amalga oshirish maqsadida hokimlik tomonidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, ijroga qaratildi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari,
Hurmatli Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli hamda
18-avgustdagi 253-sonli qarorlari bilan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim yaratildi.
Barcha darajadagi rahbarlar zimmasiga “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.
Tumanimiz hududida sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarni raqamlashtirishni aynan amalga oshirish bo‘yicha bildirilgan takliflar asosida G‘ijduvon tumanidagi mahallalarni kameralashtirish uchun respublika byudjetidan 5 mlrd so‘m ssuda mablag‘lari ajratildi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan hozirgi kunda G‘ijduvon tumanidagi 70 ta mahallaga 2 200 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, hudud to‘liq raqamlashtirildi.
Ma’lumot uchun: 70 ta mahallardagi 1000 ta aholi yashash joylarida va noturar obyektlariga 1200 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi va barcha mahallalar raqamlashtirildi.
Mahallalardagi ko‘p qavatli uylar atrofi va kirish joylariga yuzni tanib oluvchi kameralar hamda podyezdlarga 90 ta domofon qurilmalari o‘rnatildi, yil yakuniga qadar qo‘shimcha 5 ta domofon qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Natijada inson omilisiz tuman hududiga kirib keluvchi transport vositalari oqimini onlayn kuzatish va infografika “Dashboard” ko‘rinishida tahliliy axborotlarni olish imkoniyati yaratildi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari.
Tumanda hurmatli Prezidentimizning qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qabul qilgan tegishli Farmon va qarorlariga asosan G‘ijduvon tuman hokimligida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali, Prezident Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tuman hokimligiga 2025-yil o‘tgan davri davomida jami 988 ta me’yoriy hujjatlar kirim qilindi.
Shundan, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari 79 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari 91 ta, qarorlari 244 ta hamda farmoyishlari 11 tani, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 521 ta, farmoyishlari 42 tani tashkil etadi.
Mazkur me’yoriy hujjatlar bo‘yicha 3 ta Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori, 141 ta tuman hokimining qarorlari, 16 ta farmoyishlar hamda 133 ta chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.
2025-yilning 9 oyi davomida tuman hokimligi apparatida ijro intizomining holati 77 marotaba muhokama qilindi.
2025-yilning o‘tgan davri davomida tumanga daxldor 2497 ta topshiriq kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarning 2491 tasining ijrosi ta’minlandi. Qolgan 6 ta topshiriq ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz har doim hududlarni kompleks rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar.
Bu haqda gapirganda, hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan joriy yilning 12-avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari hokimlik faoliyati uchun asosiy dasturulamal bo‘lib xizmat qildi.
Hurmatli Yig‘ilish ishtirokchilari,
Ijozatingiz bilan, endi bevosita 2025-yil yakuniga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim vazifalar rejalar haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Tumanimiz aholisi (joriy yil 9 oylikda 230,0 ming kishi) joriy yilda o‘rtacha 2,5 ming kishiga ko‘payishini hisobga olgan holda, ularga munosib sharoit yaratib, bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirish maqsadida tumandagi islohotlar shtabi bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiramiz:
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Bunda, sanoat mahsulotlari hajmini 105,8 foizga (3,3 trln.so‘m), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 103,7 foizga (5,1 trln.so‘m), xizmatlar hajmini 115,0 foizga (3,5 trln.so‘m), qurilish pudrat ishlari hajmini 109,7 foizga (1,0 trln.so‘m) oshiriladi.
Soliq ma’murchiligi va byudjet-soliq siyosatiga kiritiladigan o‘zgartirishlar hisobiga mahalliy byudjet daromadlari 2024-yilda 161,9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda 189,9 mlrd.so‘mga (117,3 foizga) yetkaziladi.
Shuningdek, mahalliy byudjet ixtiyorida 20,0 mlrd.so‘m mablag‘lar qoladi.
Mahalliy byudjet ixtiyorida qoladigan mablag‘ 2025-yilda jami mahalliy byudjet daromadlarining 4,8 foizini tashkil etadi (2024-yilda 3,7 foiz).
Birgina, 2025-yilning o‘zida mahalliy byudjet ixtiyorida qoladigan (20 mlrd so‘m) mablag‘ hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalari o‘z vaqtida moliyalashtiriladi.
Mol-mulk va yer soliqlari hisobidan har bir mahalladan o‘rtacha 54,5 mln.so‘mgacha, barcha mahallalar bo‘yicha esa 3,9 mlrd.so‘m mahalla byudjeti shakllantiriladi.
Norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan 1,2 ming nafar fuqarolarning faoliyati legallashtiriladi.
Inflyatsiya darajasini 10 foizdan 8 foizga tushirish choralari ko‘riladi.
Bunda: inflyatsiyaga katta ta’sir qiluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxlarini barqarorligini ta’minlash uchun, ishlab chiqarishni ko‘paytirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Yil yakuni bilan xorijda ishlash istagida bo‘lgan
777 nafar fuqarolarni kasblarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi hamda tashkiliy va manzilli tartibda 1,4 ming nafari xorijiy davlatlarda yuqori daromadli ishlarga joylashtiriladi.
2025-yilda tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratish orqali 30,1 ming aholining doimiy va mavsumiy ishlarda bandligi ta’minlanib, kambag‘allik darajasini 2025-yil yakuniga kelib 4,9 foizgacha qisqartirishga erishiladi.
Tumanda yangi sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida fuqarolarning xorijga ishlash uchun ketishi 21 foizga kamaytiriladi.
Sanoat zonalari hududida qurilgan obyektlarni xizmatlar yoki sanoat ipotekasi asosida sotib olish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlarga tayyor binolar xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 2-yil imtiyozli davr bilan 7-yilga kreditga sotiladi.
Iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab - quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda mavjud loyihalar quvvatlarini yanada oshirish maqsadida 67,5 mlrd so‘m kreditlar ajratilib, kreditlar hajmi 525,3 mlrd so‘mga yetkaziladi.
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish dasturlari doirasida 32,0 mlrd so‘m kreditlar berish orqali dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar miqdori 222,0 mlrd so‘mga yetkaziladi.
Belgilangan 3000 ta mikroloyihalardan qolgan 714 tasini amalga oshirish orqali yil davomida jami 2,1 ming nafardan ortiq aholi bandligi ta’minlanadi.
Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish doirasida 602 nafar doimiy ish o‘rni hamda 1 522 nafar aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali yillik 6337 nafar doimiy ish o‘rni hamda 11 621 nafar aholini tadbirkorlikka jalb qilishga erishiladi.
Shuningdek, tumandagi barcha mahallalar, yirik savdo markazlari, bozorlar hamda turistik yo‘nalishlarida bankomatlar sonini 7 foizga (100 taga) oshirgan holda aholiga qulaylik yaratilishiga erishiladi.
2025-yil davomida 457 ta yangi tadbirkorlik subyektlari, 730 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etiladi.
2025-yil yakuniga qadar 2 ta davlat aktivlari, tadbirkorlik loyihalarni amalga oshirish uchun 44,7 ga yer maydonlari ommaviy savdolarga chiqarilib, 20,1 mlrd. so‘m tushum tushirilishi ta’minlanadi.
Yil yakuniga qadar “G‘ijduvon tajribasi”ga asosan ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalarning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlash natijasida 360 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
“Zarbdor tajribasi” asosida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi 1 ta drayver loyihalar amalga oshiriladi.
Tuman markazlarida jami 2,1 km uzunlikdagi tun-u-kun ishlaydigan 2 ta 24/7 ko‘chalar tashkil etish orqali 80 ta yangi savdo va servis obyektlari ishga tushiriladi.
Investitsiya dasturlari doirasida 2025-yil yakuniga qadar umumiy qiymati 9,2 trln. so‘mlik 56 ta xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilib, 1110 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi. Jumladan:
Sanoat yo‘nalishida 8,8 trln. so‘mlik 18 ta loyihalar (939 ish o‘rin);
Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 0,4 trln. so‘mlik 35 ta loyihalar (210 ish o‘rin);
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 54,1 mlrd. so‘mlik 12 ta yirik loyihalar (553 ish o‘rin) ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Misol uchun:
"G‘ijduvon Eko Botlers" MCHJ tomonidan qiymati 30 mlrd.so‘mdan iborat bo‘lgan yaxna ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida 70 nafar,
"Demo Klean" MCHJ tomonidan qiymati 5 mlrd.so‘mdan iborat yuvish vositalari ishlab chiqarish loyihasi doirasida 20 nafar,
"Graf Yog‘-moy Ekstraksiya" MCHJ tomonidan qiymati 10,0 mlrd.so‘mdan iborat o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida 10 nafar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar natijasida yil yakuniga qadar 240 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, 2024-yilga nisbatan 5 barobarga ko‘p o‘sishi ta’minlanadi.
Misol uchun:
- "Sho‘rko‘l Yashil Diyor" MCHJ tomonidan tumanning cho‘l massivi hududida qiymati 82 mln.dollardan iborat bo‘lgan 5,0 ming.gektar yer maydonlarini o‘zlashtirish orqali paxta hosili yetishtirish va birlamchi qayta ishlashni tashkil etish loyihasi doirasida ishlar boshlanmoqda. Loyiha amalga oshirilishi evaziga 200 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
- Xitoyning "Leaoning Leader" kompaniyasi tomonidan tumanning Sho‘rko‘l massivi hududida qiymati 700 mln.dollardan iborat 600 MVT quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida ishlar boshlanmoqda.
- Saudiya Arabistonining "Acwa Power" kompaniyasi tomonidan 2-bosqichda qiymati 402 mln.dollardan iborat 300 MVT quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida ishlar boshlangan.
2025<2- yilda tuman bo‘yicha jami hududiy korxonalar mahsulotlari eksporti hajmini 43,2 mln. dollarga yetkazish (1,3 baravarga oshirish) bo‘yicha hisob – kitoblarimiz mavjud.
Bunda, eksportning tarkibini tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari – 78 foizni, metallurgiya sanoati mahsulotlari – 5 foizni, ipak va ipak mahsulotlari – 4 foizni, qurilish materiallari mahsulotlari – 2 foizni, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari – 8,0 foizni, boshqa sohalardagi mahsulotlar – 3 foizni tashkil etadi.
2025-yilda tuman bo‘yicha jami 1250,0 mlrd.so‘m qurilish pudrat ishlarni bajarib, o‘sish surati 105,0 foizga yetkaziladi.
Tuman aholisini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2025-yilda 549 xonadonli 11 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etiladi.
Aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda tumandagi 38 451 ta iste’molchilarni bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida 10,1 km gaz quvurlarni mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, iste’molchilarga 200 dona qo‘shimcha gaz ballonlar yetkazib beriladi.
Hozir islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotgani uchun hayotimizda har kuni qandaydir bir muhim o‘zgarish, yangilik bo‘layapti.
Buni ko‘pchilik o‘z turmushida ham yaqqol his qilmoqda.
Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kuz mavsumida 8 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan korxona hududi va unga tutash hududlarda daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘”lar barpo etiladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 0,7 mln. dona daraxt hamda buta ko‘chatlari ekiladi, 2 ta “Yashil bog‘”lar barpo etiladi.
Maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha aholining qamrov darajasi 99 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Tumandagi 1 ta davlat (240 o‘rinli) maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi yakunlanib, ish faoliyatini boshlaydi hamda DXSH asosida 2 ta (250 o‘rinli) maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Buning natijasida yil yakuniga qadar maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chaga qamrab olish darajasi 91,5 foizga yetkaziladi.
Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2 ta umumta’lim maktablari 32 ta zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, professional ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi 34 foizga yetkaziladi.
Hurmatli Prezidentimizning mamlakatimizda yoshlar siyosati sohasida olib borayotgan siyosatlarining izchil davomi sifatida tumanda ham o‘z oldimizga bir qator ustuvor vazifalar belgilab olganmiz.
Jumladan:
Ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha har yili alohida “Yoshlar”, “Bitiruvchi yoshlar” kabi bandlik dasturlari ishlab chiqilib, ijroga qaratiladi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar qamrovini 125 ming nafarga yetkaziladi.
2025-yilda 1250 nafar yoshlarni “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida chet tillari va zamonaviy kasblarga hamda 55 ming nafar yoshlarni “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida chet tillariga o‘qitish choralari ko‘riladi.
Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish 2025-yilda 90 ming nafarga yetkaziladi.
Los-Anjeles-2028 Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalar va ishtirok etish huquqini beruvchi turnir va musobaqalarga sportchilarni tayyorlaymiz.
2027-yil oxiriga qadar 5 nafar (Olimpiya 4 nafar, paralimpiya 1 nafar) buxorolik sportchilar tomonidan Olimpiya va paraolimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritilishini ko‘zlaganmiz.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari,
Fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish, kuchli va samarali tibbiyot tizimini shakllantirish –doimiy diqqat-e’tiborimizda turibdi.
Joriy yil yakuniga qadar 2 ta tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi va ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
Kam ta’minlangan oilalarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni 2025-yilda 6 ming 150 nafarga yetkaziladi.
2025-yil yakuniga qadar tumanda nogironligi bo‘lgan 400 nafar shaxslarni reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortapediya mahsulotlari bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Tuman bo‘yicha 151 nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha, 145 nafari moliyaviy savodxonlik bo‘yicha, 6 nafari xavfsiz migratsiya tamoyili asosida xorijiy til va kasb-hunarlarga o‘qitiladi.
189 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlanadi.
135 nafar xotin-qizlar lider tadbirkor ayollarga biriktiriladi.
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha Zarangari MFY tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskanlari”da yosh nikohlanuvchilarning o‘qitilishi kuchaytiriladi.
114 ta nizoli oilalar bilan manzilli ishlanadi.
15 ta mahallalarda “Sog‘lom oila maslahatxonalari” (oilani ixtiyoriy rejalashtirish, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi talablarini o‘qitish) tashkil etiladi.
40 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va yakka-yolg‘iz ayollar O‘zbekistonning shinam go‘shalarida sayohatga jalb etiladi.
Bugungi kunda turizm sohasi mamlakatimizda, xususan tumanda ham iqtisodiyotning asosiy o‘sish bo‘g‘iniga aylandi.
2025-yil yakunigacha katta marra olindi sayyohlar sonini 294,1 ming nafarga, shundan, xorijiy turistlar oqimini 80,0 ming nafarga yetkazish rejalashtirildi. Joriy yilda turizm xizmatlaridan 22,1 mln.dollar tushum kutilmoqda.
Bundan tashqari,
Yo‘l harakati qoidabuzarliklarning aniqlash va qayd etishda “inson omili” istisno qiluvchi zamonaviy mexanizmlarni joriy etish amaliyotini kengaytiramiz. Bunda:
Tumandagi yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan avariya o‘choqlari va xavfli yo‘l uchastkalarida “Xavfsiz yo‘l-xavfsiz piyoda” dasturi doirasida tezlikni qayd etuvchi moslamalar (radar) o‘rnatiladi hamda tuman va viloyat-respublika monitoring markazlariga integratsiya qilinadi. Jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirishga erishamiz.
Hududlardagi jinoyatchilik ahvoli yuzasidan muhokamalar o‘tkazib, kelgusida jinoyatlarning oldini olish va hududda kriminogen vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab oldik.
“Qizil” va “Sariq” toifadagi mahallalar bilan “mahallabay” ishlash, shuningdek, aholi, ayniqsa ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari, yoshlar va xotin-qizlar orasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida manzilli ishlarni tashkil etib, ijtimoiy profilaktika obyekti bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning aniq ro‘yxatlari shakllantirilib, ular bilan tizimli tadbirlarni tashkil etib boramiz.
Har bir sodir etilgan jinoyatni aholi orasida “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilib borish orqali jinoyatchilikka qarshi murosasizlik hissini uyg‘otish yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etib boramiz.
Hurmatli deputatlar, yig‘ilish ishtirokchilari.
Albatta, oldimizga qo‘ygan rejalar zalvori salmoqli.
Men o‘z so‘zimda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboldagi rejalari asosiy yo‘nalishlarini bayon etdim.
E’tiboringiz uchun rahmat!
