G‘ijduvonda “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy muloqot o‘tkazildi.
2025-10-31 11:20:00 / Yangiliklar

Bugun G‘ijduvon tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirokida “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida dolzarb muloqot tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimligi boshqaruv apparati tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A. Qobilov so‘zga chiqib, korrupsiya – xalq ishonchini yemiruvchi, davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illat ekanini ta’kidladi. U har bir xodimning halollik, poklik va mas’uliyat tamoyillariga sodiq bo‘lishi – jamiyat ishonchini mustahkamlashdagi eng muhim omil ekanini alohida urg‘uladi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, halollikni hayot mezoniga aylantirish g‘oyasi atroflicha yoritildi. Shuningdek, “Halollik – inson sha’ni, poklik – jamiyat obro‘si” shiori ostida tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi. Mazkur muloqot xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirib, ularni Vatanga sadoqat, pok niyat va halol xizmat ruhida yanada ruhlantirdi.



