ĞIJDUVONDA NIMA GAP? ÇORRAHADAGI HARAKAT TARTIBI: QONUN TALABI VA XAVFSIZLIK MAS’ULIYATI
2026-11-11 18:25:00 / Rasmiy munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan mazkur holat «qopqon» sifatida baholanayotgani munosabati bilan, masalaga oydinlik kiritiş maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Holatning mohiyati nimada?
M37 avtomobil yöliga öng tomondan tutaşgan ikkinçi darajali yölda transport vositalari harakati svetofor orqali tartibga solingan. Mazkur tutaşmadan taxminan 5–10 metr masofada esa svetofor bilan jihozlangan tartibga solingan piyodalar ötiş joyi mavjud.
Örganiş jarayonida ikkinçi darajali yöldan M37 avtomobil yöliga öngga buriluvçi transport vositalari haydovçilariga piyodalar ötiş joyidagi transport svetoforining işoralari körinişi, biroq uşbu svetofor oldida transport vositalari uçun töxtaş çiziği mavjud emasligi aniqlangan.
Qonunçilikda bu holat qanday tartibga solingan?
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarining 31-bandiga muvofiq, svetoforning qizil işorasi transport vositalari harakatini taqiqlaydi, yaşil işorasi esa harakatlanişga ruxsat beradi.
Qoidalarning 41-bandida svetoforning taqiqlovçi işorasida haydovçilar transport vositalarini töxtaş çiziği oldida töxtatişi, bunday çiziq mavjud bölmagan hollarda esa belgilangan tartibda töxtaşi lozimligi körsatilgan.
Şuningdek, Yöl harakati qoidalarining 102-bandida svetoforning ruxsat etuvçi işorasida çorrahaga kirgan haydovçi undan çiqişda svetofor işoralaridan qat’i nazar, möljallangan yönalişda harakatlanişni davom ettirişi belgilangan.
Biroq çorrahada haydovçining harakatlaniş yölida joylaşgan svetoforlar oldida alohida töxtaş çiziqlari yoki 5.33 yöl belgisi mavjud bölsa, u har bir svetofor işorasiga amal qilişi şart.
Xulosa örnida şuni ta’kidlaş lozimki, yöl harakati qoidalari barça haydovçilar uçun birdek majburiy. Şu bilan birga, harakatni taşkil etişda svetoforlar, yöl belgilari va çiziqlari özaro muvofiq joylaştirilişi, haydovçilar uçun tuşunarli va xavfsiz harakatlaniş şaroiti yaratilişi muhim ahamiyatga ega.
Mazkur holatda ham asosiy e’tibor yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, haydovçilar va piyodalar manfaatlarini himoya qiliş hamda harakatni taşkil etişda yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarni bartaraf etişga qaratilişi lozim.
Zero, yöllarda xavfsizlik — barçamizning umumiy mas’uliyatimiz. Qonun talablariga rioya qiliş ham, yöl harakatini töğri taşkil etiş ham birdek muhim!
