G‘IJDUVON MAHALLALARI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA
2026-11-09 16:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-son qarori ijrosi doirasida “Qishloqqurilishloyiha” bosh loyiha instituti DM tomonidan “Beshtuvo”, “Xatcha” va “Mazragan” MFYlari tarkibidagi mahallalarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqildi.
Jumladan:
“Beshtuvo” MFY: Ulfatbibi, Qumoq va G‘ishtli mahallalari;
“Xaticha” MFY: G‘ovshun, Biyoson, O‘zanon va Mirzayon mahallalari;
“Mazragan” MFY: Biyosin, Armechan (Setalon) va Mirzayon mahallalari.
Ayni paytda mazkur loyihalarni tegishli mutaxassislar bilan kelishish, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish hamda tuman arxitektura va shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bosh maqsad — har bir mahallaning istiqbolli qiyofasini shakllantirish, hududlarni puxta reja asosida rivojlantirish va aholi uchun obod, zamonaviy hamda qulay yashash sharoitlarini yaratishdir.
Obod mahalla — farovon hayot, zamonaviy qiyofa — taraqqiyot mezoni!









